14:50 / 12.03.2020
5 305

Tovuq tuxumini qanchagacha iste’mol qilish yurak va tomirlarga zarar yetkazmaydi?

Tovuq tuxumini qanchagacha iste’mol qilish yurak va tomirlarga zarar yetkazmaydi?
Ovqatlanish ratsionida tovuq tuxumlarining borligi yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishiga qay darajada ta’sir qiladi? Garvard universiteti Jamoatchilik salomatligi maktabi mutaxassislari ushbu savolga aniqlik kiritishdi.

Ular 34 yil davomida avvaliga jiddiy surunkali kasallikka uchramagan 200 mingdan ortiq ko‘ngilliga oid ma’lumotlarni tahlil qilishdi.

Tajriba yakunida aniqlandiki, bir kunda bir dona tuxum iste’mol qilish hech qanaqasiga infarkt, insult va yurakning ishemik kasalliklari xavfini oshirish bilan bog‘liq emas ekan. Boz ustiga, nonushtada ikkitadan tuxum yeyish zarar qilmaydi. Faqat buni haftasiga uch-to‘rt marotabadan ko‘paytirish kerak emas.

O‘z navbatida 2 tip qandli diabeti bilan og‘riydigan insonlarga tuxumni kamroq iste’mol qilish tavsiya etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Tovuq tuxumini qanchagacha iste’mol qilish yurak va tomirlarga zarar yetkazmaydi?