10:57 / 01.04.2020
2 807

Bemor uchun choy va qahva zararlimi?

Bemor uchun choy va qahva zararlimi?
Kasallikni yengishda har qanday qaynoq ichimlik ham yordam bermaydi. Ular ichida sog‘ayishni sekinlashtiradiganlari ham bor ekan. Masalan choy va qahva. Ular tarkibida kofein miqdori yuqoriligi sog‘ayishni sekinlashtirishi mumkin.

Shifokor Olga Kabushinaga ko‘ra, shamollash davrida choy va qahva ichmaslik tavsiya qilinadi. Isitma paytida suv, sharbat, mors va boshqa ichimliklarni ichish zarur. O‘z tarkibida kofein bo‘lmagan ichimlik xotirjam uxlashga yordam beradi. Uyqu esa ortiqcha xarajat talab etmaydigan eng yaxshi dori vositasidir.

Ichimlik tarkibidan tashqari uning harorati ham muhim hisoblanadi. Kashubina uni qaynoq holda ichish majburiy emas deb hisoblaydi. Chunki kasallangan organizmga ichimlikning harorati ta’sir qiladi. Tumovni boshidan o‘tkazayotgan bemor yaxna emas salqin ichimlik ichsa tana harorati ham tushishni boshlaydi.

Umuman olganda, suv, choy qahva va boshqa ichimliklar dorining o‘rnini bosa olmaydi. Ular faqatgina salomatlik tiklanishini tezlashtiradi yoki sekishlashtiradi. Yuqoridagi ichimliklardan dori sifatida foydalanish bu xato, dorini dorixonadan izlash zarur.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bemor uchun choy va qahva zararlimi?