XX asr oxirida turli mamlakat olimlari uzoq yashash retseptlarini astoydil izlay boshladilar. Uzoq muddat davomida ko‘p mablag‘ sarflagan holda o‘tkazilgan tajribalar oxir-oqibat chekka qishloqda yashaydigan oddiy musulmonga ham ma’lum bo‘lgan natijalarga olib keldi.
Oz ye – ko‘p yashaysan!
Barcha musulmonlarga ma’lumki, sunnatga muvofiq to‘g‘ri taomlanish keragidan ortiqcha yemaslikni bildiradi: oshqozonning 1/3 qismi taom uchun, 1/3 qismi suv uchun va 1/3 qismi havo uchun.
Makak-rezus (maymunning organizmi insonnikiga o‘xshash bo‘lgan turi)lar ustida olib borilgan davomli tajribadan so‘ng amerikalik mutaxassislar ham ayni xulosaga keldilar. Aniqrog‘i, kattalarda taomning miqdori va kaloriyasining cheklanishi o‘rtacha hayot davomiyligining oshishiga olib kelar ekan. Bu aynan kattalarga nisbatandir. Kichik yoshda taomning miqdori ham, kaloriyasi ham bolaning ehtiyojiga muvofiq to‘laqonli bo‘lib, cheklanmasligi lozim. Bundan tashqari, bu cheklashlar saraton, yurak va qon-tomir kasalliklari, diabet kabi xastaliklar bilan kasallanish darajasini ham kamaytiradi. Bu – nafaqat hayot davomiyligi, balki uning sifatining ham yaxshilanishi demakdir.
Shifobaxsh ochlik
Bu musulmonlar «ro‘za» deb ataydigan, Ramazonda farz, boshqa paytda ixtiyoriy bo‘lgan narsaning ayni o‘zidir. O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida aniqlandiki, taomdan o‘z ixtiyori bilan vaqtincha tiyilish hujayralardagi quvvat almashinuv jarayonini yaxshilaydi va uzoqroq vaqt sog‘-salomat yashashga sabab bo‘ladi.
Boshqacha aytganda, doimiy ravishda vaqtincha och qolish qarishni sekinlashtiradi. Bunday samara mitoxondriya – hujayraning quvvat stansiyalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Vaqti-vaqti bilan och qolish ularni past quvvatli modda almashuv jarayoniga o‘tkazadi va ularga ishdan «dam» beradi. Natijada ular uzoqroq muddat xizmat qiladilar. Bundan tashqari, ochlik erkin radikallar miqdorini ozaytiradi va ularni organizmdan chiqarib tashlaydi.
Badantarbiya
Islom sport bilan shug‘ullanishga targ‘ib qiladi. Olimlar ham buni tasdiqlaganlar. Hozirda «150 daqiqa piyoda» deb nomlangan usul tavsiya qilinadi. Bunda piyoda yurishga alohida vaqt ajratishga hojat yo‘q. Jamoat transportidan voz kechib, ishga piyoda tezroq yurib borish ham kifoya qiladi. Jismoniy mehnat kattaroq yoshda muskul massasining faol yo‘qotilishidan kelib chiqqan holda ko‘proq ahamiyat kasb etadi.
O‘qish
Musulmonlar aynan shunday deydilar: «Beshikdan qabrgacha ilm izla!» Olimlar esa yaqindagina umumiy hayot davomiyligi kishining qancha ko‘p o‘qiganiga bog‘liq ekanini isbotladilar.
Shuni ham ta’kidlash lozimki, yangi neyronlararo aloqalarning paydo bo‘lishi, ya’ni yangi materialni faol o‘zlashtirish imkoniyati 35 yoshgacha rivojlanadi. Kattaroq yoshlarda esa energiya asosan mavjud aloqalarni ushlab turishga sarflanadi. Inson 35 yoshgacha qancha ko‘p o‘qisa, unda neyron bog‘lanishlari darajasi, ya’ni ma’lumotni qayta ishlash imkoni darajasi shuncha baland bo‘ladi. Bu esa keksalik davrida asab-degenerativ kasalliklari rivojlanish ehtimolini kamaytiradi.
Zararli odatlar
Musulmonlar chekish, xamr (spirtli ichimliklar) va narkotiklarning harom ekanini biladilar. Ko‘pchilik bu zararli odatlarning hayot sifati va davomiyligini ozaytirishidan ham xabardor. Mazkur odatlardan kichik yoshdan uzoqda bo‘lish bilan birga hayotining ma’lum bosqichlarida ulardan voz kecha olish ham muhim ahamiyatga ega.
Barchamizga ma’lumki, insonning qancha umr ko‘rishi ona qornida ekanidayoq yozib qo‘yilgan bo‘ladi. Biroq Islom ta’limotlarining katta qismi inson umrini uzaytirish va uning sifatini yaxshilashga yo‘naltirishi e’tiborlidir.
Zarnigor tayyorladi.
Manba: muslimaat.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Ukraina Qurolli kuchlari komandiri mojaro haqida dahshatli prognoz qildi
Turk aktyorlarining tomoshabinlar yodida qolgan eng mashhur rollari
Shahram G‘iyosovning Eymantas Stanionisga qarshi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi
Shavkat Mirziyoyevga avtomobil sanoatidagi rejalar haqida axborot berildi
Tayvanning sobiq prezidenti Ukraina borasida kutilmagan bayonot berdi
Ro‘ziqul Berdiyev: "12 ta mag‘lubiyatsiz seriya qayd etgandik, hozir esa ketma-ket to‘rtta mag‘lubiyat"
2025 yili 2 mln gektardan ziyod yerda meva-sabzavot, dukkakli va poliz mahsulotlari ekiladi