Savol: ro‘zador odam isitmalab qolsa, ukol qilish natijasida ro‘zasi ochiladimi?
Javob: hapdori (tabletka) qabul qilish bilan ro‘za ochiladi, yonboshga yoki mushakka ukol qilinsa ochilmaydi. Ro‘zani ochuvchi narsalar odatiy yo‘llardan kiradigan narsalardir (odatiy yo‘llar og‘iz, burun, quloq, va old-orqa jinsiy a’zolardir. Bundan boshqa joydan kirgan narsalar ro‘zani ochmaydi).
Savol: surma qo‘yish bilan ro‘za ochiladimi?
Javob: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ro‘zador holatlarida surma qo‘yganlar. Surmani ko‘p qo‘yish natijasida halqumida surmaning ta’mini sezsa ham ro‘za ochilmaydi.
Savol: oshqozon kasalligi bilan og‘rigan ro‘zador bemor zond yutsa bo‘ladimi?
Javob: zond quruq holatda yutilsa va qaytarib chiqarib olinsa, ro‘za ochilmaydi. Agar biror taomni ipga bog‘lab, yutsa va ipning bir uchi qo‘lida qolsa, ya’ni qaytarib chiqarib olish mumkin bo‘lsa, ro‘za ochilmaydi. Ip uzilib ketsa ro‘za ochiladi.
Savol: jarohatlarga dori qo‘yilsa ro‘za ochiladimi?
Javob: fuqaholar ikki turdagi jarohatga dori qo‘yilsa, ro‘za ochiladi deb ittifoq qilishgan:
a) Boshning miyagacha yetib boradigan chuqur jarohati;
b) Oshqozonga yetib boradigan jarohat;
Bu ikki jarohat miya bilan oshqozonga bevosita narsa yetib borishiga olib boruvchi jarohatdir. Oshqozon va miyaga yetib boradigan chuqur jarohatga qo‘yilgan dori u joylarga yetib borsa, Abu Hanifa rahmatullohi alayhning nazdida ro‘za ochiladi. Bulardan boshqa jarohatlar, qanday holatda bo‘lishidan qat’i nazar, ro‘zani ochmaydi,chunki bu jarohatlarga qo‘yilgan dorilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri oshqozon va miyaga yetib bormaydi. Agar boldirning ichiga dori yetib borsa yoki unga pichoq yo shu kabi narsa sanchib olinsa, tig‘i iligigacha yetib borsa, shak-shubhasiz ro‘za ochilmaydi, chunki u ichkari a’zo hisoblanmaydi.
Savol: ro‘zadorning ko‘ziga dori quyilsa, ro‘zasi ochiladimi?
Javob: hanafiy mazhabiga ko‘ra ro‘za ochilmaydi. Lekin boshqa mazhab sohiblari «ro‘za ochiladi» deyishadi. Tibbiyot sohasining mutaxassislari ham ko‘z orqali burun, og‘iz kabi xalqumga yo‘l borligini ta’kidlashadi. Shuning uchun ro‘zador holatda ko‘ziga dori tomizadiganlar buni saharlikdan oldinga va iftorlikdan keyinga kechiktirganlari afzal.
Savol: erkak kishining old jinsiy a’zosining ichidan tahlil (analiz) olinsa yoki dori yuborilsa, ro‘zasi ochiladimi?
Javob: ochilmaydi. Erkak kishining old jinsiy a’zosining ichiga narsa tomizilsa, Abu Hanifa va Muhammad rahmatullohi alayhimolar nazdida ro‘za ochilmaydi.
Savol: kislorod bilan sun’iy nafas oldirilsa ro‘za ochiladimi?
Javob: sof kislorodning o‘zi bo‘lsa, boshqa biror dori qo‘shilmagan bo‘lsa, ro‘za ochilmaydi, chunki u narsa oddiy havodan boshqa narsa emas. Havo bilan esa ro‘za ochilmaydi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Manba: mehrob.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi