Foto: SM News
Qorinda yig‘ilgan yog‘lar organizm uchun zararli hisoblanadi. Chunki u ichki organlarni qoplab, yurak-qon tomir, qandli diabet va boshqa kasalliklar xavfini sezilarli darajada oshiradi. Afsuski, ba’zi odatlar qorinni rivojlanish ehtimolini keskin oshirishi, shuningdek, undan xalos bo‘lishga urinish yo‘lini to‘sishi mumkin.
Internet uchun juda ko‘p vaqt sarflamang
Instagram yoki Facebook’da do‘stlaringiz ko‘pmi? Ularning hayotini tomosha qilish uchun qancha ko‘p vaqt sarflansa, kilogrammning oshish ehtimoli shuncha yuqori bo‘ladi. Mukammal qomat ega modellar yoki o‘rtacha vaznga ega odamlarning suratini ko‘rib chiqish hech narsani o‘zgartirmaydi. Birinchi navbatda, ovqatlanish tartibi buzilishining oldini olish kerak, shuningdek, sog‘lom turmush tarzi va fitness bilan shug‘ullanish lozim.
Ko‘p sharbat iste’mol qilmang
Afsuski, mutaxassislar sharbatlarni, shu jumladan, yangi tayyorlanganlarini ham xavfsiz deb hisoblamaydi. Sharbat va smuzilarni muntazam ravishda qabul qilish yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oshiradi va ichki organlarda yog‘ to‘planishiga yordam beradi. Olma yoki boshqa meva iste’mol qilinganda, fruktoza bilan birga kletchatkaga ham ega bo‘lish mumkin. Bu esa shakarning qonga tushish tezligini va uning miqdorini tartibga soladi. Ammo sharbat yoki smuzilar faqat qand miqdorini oshirishi mumkin.
Vaqti-vaqti bilan sport bilan shug‘ullaning
Chekish va spirtli ichimlar ichish sog‘liq uchun zararli bo‘lib, uning ta’siri ikki hafta ichida boshlanadi. Haftada kamida 150 daqiqa aerobik mashqlar kamida belni ortiqcha yog‘dan, yurakni esa xavfli kasalliklardan himoya qiladi.
Sut mahsulotlari iste’molini ko‘paytiring
Qorin bo‘shlig‘ida yog‘ hosil bo‘lishining yana bir sababi ichaklarning yetarli darajada ishlamasligidir. Ko‘pincha bu oshqozonni betartib ishlashi va modda almashinuviga yordam beradigan foydali bakteriyalar yetishmasligidan kelib chiqadi. Yetarli miqdordagi yaxshi bakteriyalarni olishning eng oson usuli bu sut mahsulotlarini muntazam iste’mol qilishdir.
Ratsionga rioya qiling
Vaqtida ovqatlanmaslik hamda ortiqcha ovqatlanish – ertami, kechmi qorinda ortiqcha yog‘ paydo bo‘lishi muammosiga olib keladi. Bunday vaziyatda organizm stressni boshdan kechiradi va sarflash emas, balki energiya to‘plashni afzal ko‘radi. Ikkinchidan, tartibsiz ovqatlanish zararli hisoblanadi.
Qovurilgan taomlar iste’mol qilmang
Qovurilgan yoki yog‘li taomlar semirib ketishning eng ko‘p tarqalgan sababidir. Qovurilgan kartoshkalarni tayyorlashda deyarli bir zumda so‘rilib, qonga tushadigan transyog‘lar ishlatiladi. Agar qovurilgan yeguliklarsiz yashashning imkoni bo‘lmasa, ularni ko‘proq sabzavot bilan iste’mol qilish kerak. Ularning tarkibidagi kletchatkalar oshqozon va modda almashinuvining yaxshilanishiga yordam beradi.
Sabzavotlarni ko‘proq iste’mol qiling
Qorindagi yog‘lardan xalos bo‘lish uchun ovqatlanishni yangi yoki bug‘da pishirilgan sabzavotlardan boshlash kerak. Kletchatka ovqat hazm qilishni va qonda shakar miqdorini nazorat qiladi. Ikkinchidan, sabzavotlar oshqozonni to‘ldiradi, natijada ovqat kamroq iste’mol qilinadi. Shuningdek, ular salomatlik uchun eng foydali mahsulotdir. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
Farg‘onada noqonuniy valyuta savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi
Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin murabbiy futbolchilarni qamab qo‘ydi
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Iroqda 37 yilda ilk bor aholi ro‘yxatga olinib, ularning soni ochiqlandi