date

Chaqaloqlar ham tush ko‘radi: olimlar nimani kashf qildi?

Chaqaloqlar ham tush ko‘radi: olimlar nimani kashf qildi?

Ko‘pchilik «chaqaloqlar ham tush ko‘radimi?» degan savolga qiziqadi. Ilmiy tadqiqotlarga ko‘ra, ha, chaqaloqlar ham tush ko‘radi.

Chaqaloqlar uyqusining qariyb yarmi REM fazasida o‘tadi. Bu fazada miya faoliyati yuqori bo‘ladi va tush ko‘rish jarayoni amalga oshadi.

Olimlarning aytishicha, chaqaloqlar ko‘radigan tushlar kattalarnikidan farq qiladi. Ular hali tilni, tafakkurni rivojlantirmagani uchun tushlarda asosan shakllar, ranglar, his-tuyg‘ular namoyon bo‘ladi.

Mutaxassislar fikricha, bunday tushlar bolaning miyasida yangi ma’lumotlarni qayta ishlash va xotira shakllanishiga yordam beradi. Shu bois, yaxshi uyqu chaqaloq rivojlanishi uchun juda muhim.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » Chaqaloqlar ham tush ko‘radi: olimlar nimani kashf qildi?