Xitoy hukumati mamlakatdagi yetakchi texnologiya kompaniyalariga AQShdagi NVIDIA kompaniyasidan sun’iy intellekt chiplarini xarid qilishni taqiqladi, deb TechCrunch xabar berdi.
Ushbu qaror Xitoy–AQSh o‘rtasidagi texnologik raqobat va eksport nazorati keskinlashuvi fonida qabul qilindi. NVIDIA chiplari ayniqsa katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash va AI modellarini o‘rgatishda muhim rol o‘ynaydi.
Xitoyning bu qadamini mahalliy AI sanoatini mustaqil rivojlantirishga urinish sifatida baholash mumkin. NVIDIA esa cheklovlar kompaniya daromadiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini bildirgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar