12:20 / 05.05.2021
2 570

Sarvqomat bo‘lishga hissa qo‘shadigan 3 mahsulot


Foto: Women’s Day.ru
Inson vaznining qanday bo‘lishi iste’mol mahsulotlarining kaloriyasi va miqdorining o‘zi bilangina bog‘liq emas. Semirib ketmaslik uchun yog‘ erituvchi moddalarga ega mahsulotlarni ratsionga kiritish kerak. Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlarda nikotinoamid ( PP, B3 vitamini, niatsin va nikotin kislotasi) mazkur xususiyatga ega ekanligi aniqlandi.

Makkajo‘xori tarkibida nikotinoamid boshqa mahsulotlardan ko‘proq hisoblanadi. Uning 100 grammida niatsinning kunlik me’yori mujassam bo‘ladi. Kuniga ikki dona makkajo‘xori iste’mol qilib, tanani ushbu modda bilan to‘liq ta’minlashga erishish mumkin, biokimyoviy reaksiyalarning jadallashtirishi hisobiga uning iste’moli ozishga samarali yordam beradi.

Ikkinchi o‘rinda esa avokado turadi. Uning 100 grammi 10 foiz kunlik me’yorni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, serotonin bilan ta’minlash xususiyatiga ega bo‘lgan mazkur mahsulotning 100 grammida 200 kkal mavjud. Nikotinoamid nafaqat vaznni me’yorda bo‘lishiga hissa qo‘shadi, balki tinchlantirish xususiyatiga ega ekanligi bilan depressiyani bartaraf qilishga ham yordam beradi. Nikotinoamid bir vaqtning o‘zida ikkita jarayonda ishtirok etadi: tanadan energiya (yog‘ni) chiqib ketishi va bir qancha gormonlar, xususan baxt gormoni serotoninning ishlab chiqarilishiga ham ta’sir qiladi.

Nikotinoamid yetishmaganda organizm yog‘ni parchalab energiya ishlab chiqarish yoki baxt gormoni ishlab chiqarish kerakmi, deya «bosh qotiradi». Energiya yo‘qolganda organizmga qiyin bo‘ladi, serotonin yetishmaganda esa odam depressiyaga tushadi. Kun davomida avokado iste’mol qilib energiya va yaxshi kayfiyat ta’minlanadi.

Niatsinga boy uchinchi mahsulot — pomidor hisoblanadi. Mazkur sabzavot tarkibidagi PP vitamini yog‘lar almashinuvini yaxshilaydi, xolesterinni me’yorlashtiradi, qon-tomirlarning elastikligi hamda metabolizmni jadallashtirib, tezroq ozishga yordam beradi. Qolaversa tarkibidagi likopinning 20 foizi erkak va ayollardagi kasalliklarning kelib chiqish xavfini kamaytiradi.

Qiziqarli fakt
Nikotinoamidning organizmga ta’sirini aniqlash uchun tadqiqot sichqonlarda o‘tkazilgan.Unga ko‘ra hayvonlardan biriga nikotinoamidga boy mahsulotlar berilgan, boshqalari esa undan tiyilgan. Natijada nikotinoamidsiz mahsulot iste’mol qilgan sichqon, unga boy mahsulotlarni iste’mol qilganidan ko‘ra vazni 60 foizga og‘irligi aniqlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Sarvqomat bo‘lishga hissa qo‘shadigan 3 mahsulot