3 055
Xotira bilan bog‘liq muammo bo‘lmasligi uchun tiyilish tavsiya qilinadigan mahsulotlar
Foto: Harper’s Bazaar
Amerikalik parhezshunos Marta Kler Morris Rasha universitetining tibbiyot markazi bilan hamkorlikda MIND-parhezini ishlab chiqqan. Unga ko‘ra miya faoliyati hamda kognitiv qobiliyatni susaytiradigan mahsulotlardan tiyilish tavsiya qilinadi.
Qizil go‘sht
Qizil go‘shtda qondagi xolesterin miqdorini oshirib, qon tomirlar salomatligiga xavf soladigan to‘yingan yog‘lar bisyor bo‘ladi. Qolaversa, bunday mahsulotni haddan ortiq iste’mol qilish Alsgeymer kasalligiga kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu tufayli uni haftasiga 4 porsiyadan ko‘p yemaslik kerak.
Fastfud
Miya hujayralariga salbiy ta’sir qilishi, buning oqibatida xotira va diqqat qilish bilan bog‘liq muammolar kelib chiqishi mumkinligi sabab nafaqat fastfud, balki boshqa yog‘li taomlardan ham tiyilish kerak.
Pishloq
Pishloq tarkibida ham to‘yingan yog‘lar ko‘p va xo‘p bo‘ladi. Shu sabab ham uni haftada bir martadan ko‘p iste’mol qilmaslik kerak.
Sariyog‘
Ushbu mahsulot tarkibidagi omega-6 yog‘ kislotasini haddan ortiq iste’mol qilish salomatlikka zarar yetkazib, jiddiy kasalliklarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Qandli diabet, semirish va Alsgeymer kasalligi shular jumlasidan.
Shirinliklar va qandolat mahsulotlari
Bulochka, shokolad va shirin gazlangan ichimliklarda miya faoliyatini susaytirib, asab hujayralariga salbiy ta’sir qiladigan shakar ko‘p miqdorda bo‘ladi. Shirinliksiz yashay olmaydiganlarga shakarsiz variantlar va mevalar iste’mol qilish tavsiya qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi