23:09 / 21.08.2021
2 397

Olimlar umrining asosiy qismini o‘tirib o‘tkazadigan insonlar insultga ko‘proq chalinishini aniqladi

Olimlar umrining asosiy qismini o‘tirib o‘tkazadigan insonlar insultga ko‘proq chalinishini aniqladi
Foto: Pixabay
Kanadalik tadqiqotchilar o‘tirgan holda ishlaydigan va umrining asosiy qismini shunday o‘tkazuvchi insonlarda insult xavfi yuqori ekanligini ma’lum qildi, deb xabar beradi «Korrespondent.net».

Kalgari universiteti olimlari oldinlari insult, yurak-qon tomir kasalliklari va saratondan aziyat chekmagan 40 yoshdan katta 143 ming kishining hayot tarzi hamda sog‘lig‘iga oid ma’lumotlarni tahlil qilgan. Tadqiqot ishtirokchilarining salomatligi to‘qqiz yil davomida kuzatilgan.

Ishtirokchilar o‘rtacha kuniga to‘rt soatga yaqin vaqtini o‘tirib o‘tkazgan.

«Tadqiqotning deyarli barcha ishtirokchilarining 3 ming nafari insultga uchragan. Kuniga sakkiz soatdan ortiq o‘tiradigan jismoniy faolligi kam 60 yoshdan kichik ishtirokchilarda insult xavfi to‘rt soatdan kam o‘tiradiganlarga nisbatan 4,2 barobar, ko‘p harakatlanadiganlarga nisbatan esa yetti barobar ko‘p uchraydi», — deyiladi maqolada.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Olimlar umrining asosiy qismini o‘tirib o‘tkazadigan insonlar insultga ko‘proq chalinishini aniqladi