
Xonanda Imron hayotidagi qiyinchiliklar sabab san’at olamini tark etishi mumkinligi, ustozining qo‘llab-quvvatlashi natijasida hozirgi kungi yutuqlarga va mashhurlikka erishganligi haqida so‘zlab berdi.
- "Ikkinchi kursda o‘qiyotgan vaqtimda onam avtohalokatga uchrab yurolmay, yotib qoldilar. Dadam ishda, akalarim chet elda. Onamning yonida qolib, ularning holidan xabar oladigan odam qolmadi. O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Estrada xonandaligi fakultetida o‘qirdim. Boz ustiga guruh sardori edim. Onamning yonida boshqa odam bo‘lmagani tufayli o‘qishni tashlab, Buxoroga qaytishga majbur bo‘ldim.
Deyarli bir yil mobaynida Buxoroda qolib, onamga qaradim. Allohga shukr, bir yilcha vaqt o‘tgach, onam oyoqqa turib, sog‘ayib ketdilar. Keyin o‘qishni qayta tiklash uchun ariza topshirgani konservatoriyaga keldim. Ariza topshirish muddati tugaganiga ikki kun bo‘ldi, endi keyingi yil harakat qilib ko‘rasiz, degan javobni oldim.
Ustozim — O‘zbekiston san’at arbobi Dilorom Omonullayeva kafedra mudiri edilar. Aynan ular bu talabam menga kerak, uning o‘qishini tiklab bering, deya butun konservatoriyani oyoqqa turg‘izgan edilar. Bu voqeani umuman unutib bo‘lmaydi. Balki, Dilorom Omonullayeva o‘sha vaqtda arizamni qabul qildirib, o‘qishimni tiklashga yordam bermaganlarida o‘qishni butunlay tashlab ketarmidim. Bugun, balki, umuman san’at sohasidan ketmasligim ham mumkin edi. Yana bilmadim.
Dilorom Omonullayeva nafaqat o‘qishimizdan, ijodimizdan, balki holimizdan, hayotimizdan doimiy xabar oladigan, insoniyligi ham, ijodi ham havas qilsa arziydigan ustozdir", - deydi Imron. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar