date

Yandex Uzbekistan Allplay’ni sotib oldi

Yandex Uzbekistan Allplay’ni sotib oldi
Raqobat qo‘mitasi Yandex Uzbekistan kompaniyasining Allplay xizmatini sotib olish bo‘yicha bitimini ma’qulladi. Mazkur kelishuv shartiga ko‘ra, Allplay mustaqil platforma sifatida faoliyatini davom ettiradi.

Allplay platformasi kelgusida rivojlanadi: unda xorijiy va o‘zbek kontentini o‘z ichiga olgan filmlar, seriallar va musiqalar katalogi kengaytiriladi. Kelajakda Allplay Yandex Plus obunasining bir qismi bo‘ladi.

Foydalanuvchilar ushbu obuna orqali videolar, musiqa, kitoblar, sport translyatsiyalari va Yandex ekotizimidagi boshqa imtiyozlarga – keshbek va Yandex Go’dagi “Yegulik” bepul yetkazib berish xizmatiga ega bo‘lishadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Yandex Uzbekistan Allplay’ni sotib oldi