2025 yilda oziq-ovqat eksporti 3 mlrd dollardan oshadi

2025 yil oxiriga kelib O‘zbekiston ilk bor 3,2 milliard dollarlik oziq-ovqat maxsulotlarini eksport qiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Qo‘ksaroy qarorgohida qishloq xo‘jaligi xodimlari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Joriy yil boshidan buyon oziq-ovqat eksporti 37 foizga oshdi. O‘zbekiston eksport geografiyasini kengaytiradi, meva va sabzavotlarini 83 davlatga yetkazmoqda.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, respublika quritilgan olxo‘ri va o‘rik eksporti bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinni, shaftoli va mayiz bo‘yicha yettinchi o‘rinni, gilos bo‘yicha esa sakkizinchi o‘rinni egallaydi. Joriy yilda o‘zbek dehqonlari 3,4 million tonna meva, 2 million tonna uzum, 19,5 million tonna sabzavot, poliz ekinlari va kartoshka, shuningdek, 1 million tonna dukkakli va moyli ekinlar hosilini yig‘ib oldi.
Prezidentning aytishicha, yig‘ilgan hosil hajmi mamlakat ichidagi narxlarni barqarorlashtirish va eksportni sezilarli darajada kuchaytirishga imkoniyat berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!