date

Qizil kartochka Chelsiga qimmatga tushdi Fulhem dramatik bahsda g'alabani ilib ketdi

Qizil kartochka Chelsiga qimmatga tushdi Fulhem dramatik bahsda g'alabani ilib ketdi

Angliya Premyer-ligasining 21-turi doirasida “Fulhem” o‘z maydonida “Chelsi”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvning startida mehmonlar to‘p nazorati va o‘yin sur’atini o‘z qo‘lida ushlab turdi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Biroq 22-daqiqada vaziyat keskin o‘zgardi: Mark Kukurelya Garri Uilsonning yakkama-yakka chiqib ketishini qo‘pol to‘xtatgani uchun maydondan chetlatildi. Shundan so‘ng “Fulhem” bosimni keskin oshirib, raqib jarima maydonini tobora ko‘proq “yuklay” boshladi. Mezbonlar uchun qanotlar asosiy hujum quroliga aylandi.

“Chelsi” katta kuch bilan himoyalanib, o‘yin asta-sekinroq Robert Sanches darvozasiga ko‘chdi. 55-daqiqada Raul Ximenes bosh bilan aniq zarba berib, hisobni ochdi.

Shunga qaramay, londonliklar burchak zarbasidan keyin javob qaytardi: Liyam Delap qaytgan to‘pga birinchi bo‘lib yetib borib, aniq yakunladi va muvozanatni tikladi.

Ammo “Fulhem” hujumkor o‘yinidan chekinmadi va o‘z imkonini kutdi. 81-daqiqada Garri Uilson sovuqqonlik bilan uzoq burchakka yo‘llagan zarbasi orqali mezbonlarga g‘alabani taqdim etdi.

Yakunda “Chelsi” hisobni qutqarish uchun oldinga o‘tdi, ketma-ket bir nechta burchak zarbalarini ham amalga oshirdi. Biroq “Fulhem” himoyasi vaziyatni xotirjam nazorat qildi va qo‘shib berilgan daqiqalarda ham hisob o‘zgarmadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Qizil kartochka Chelsiga qimmatga tushdi Fulhem dramatik bahsda g'alabani ilib ketdi