date

Abduqodir Husanovning ishonchli o‘yini va Manchester Sitining ketma-ket uchinchi durangi

Abduqodir Husanovning ishonchli o‘yini va Manchester Sitining ketma-ket uchinchi durangi

Angliya Premyer-ligasining 21-turida «Manchester Siti» o‘z maydonida «Brayton» bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Himoyachi Abduqodir Husanov uchrashuv davomida barqaror va ishonchli harakat qildi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

O‘yin boshidanoq tashabbus mezbonlar qo‘lida bo‘ldi: «Siti» to‘p nazoratini ushlab, uchrashuv sur’atini belgiladi. «Brayton» esa tezkor qarshi hujumlarga tayanib, bo‘sh zonalardan foydalanishga urindi. «Shaharliklar» bosimi tobora kuchaydi, hujumlar ko‘proq qanotlardan — Doku va Silva orqali qurildi, Husanov esa joylashuvni to‘g‘ri tanlab, uzatmalar yo‘nalishini o‘qishda aniq ishladi.

Tanaffus arafasida Holand penaltini golga aylantirib, hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda «Brayton» agressiyani oshirdi: Mitoma markazga siljib, uzoq masofadan aniq zarba yo‘lladi va muvozanatni tikladi. Shundan so‘ng o‘yin ochilib ketdi, vaziyatlar soni ko‘paydi.

«Siti» zaxiradan tushgan futbolchilar bilan hujumni kuchaytirib, ketma-ket xavfli epizodlar yaratdi. Holand va Sherki golga juda yaqin kelishdi, biroq mehmonlar himoyasi sovuqqonlik bilan harakat qilib, yakuniy bosimni ham natijasiz qoldirdi.

Husanov mudofaada izchil o‘ynadi: yakkakurashlarda ustun keldi, sheriklarini sug‘urtaladi va hal qiluvchi xatolarga yo‘l qo‘ymadi. Bu natija «Manchester Siti» uchun chempionatdagi ketma-ket uchinchi durang bo‘lib, peshqadamlik uchun keskin kurashda qimmatli ochkolar yo‘qotilmoqda. «Brayton» esa yana bir bor noqulay raqib ekanini tasdiqladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Abduqodir Husanovning ishonchli o‘yini va Manchester Sitining ketma-ket uchinchi durangi