Rafinya Superkubok finalida kimga qarshi o'ynash farq qilmasligini aytdi

Rafinya Superkubok finalida kimga qarshi o'ynash farq qilmasligini aytdi

Barselona” vingeri Rafinya Dias Ispaniya Superkubogi finalida qaysi raqibga qarshi maydonga tushishni afzal ko'rishi haqidagi savolga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kataloniyaliklar yarim finalda “Atletik” Bilbaoni ishonchli tarzda taslim etdi — uchrashuv 5:0 hisobida yakunlandi. Rafinya bu bahsda ikki bor gol urib, g'alabaga katta hissa qo'shdi.

Finaldagi raqib esa ertangi Madrid derbisida aniqlanadi. Rafinya “Real” yoki “Atletiko”dan qaysi biri chiqishidan qat'i nazar, jamoa har qanday raqibga tayyorligini ta'kidladi: “Kim yutishi menga baribir. Farqi yo'q. Biz har qanday raqibga qarshi o'ynashga tayyormiz va e'tiborni faqat o'zimizga qaratganmiz”, — deya uning so'zlarini Barca Universal keltiradi.

Ispaniya Superkubogi finali 11 yanvar kuni bo'lib o'tadi. O'tgan yili “Barselona” finalda “Real”ni 5:2 hisobida yirik mag'lub etib, sovrinni qo'lga kiritgandi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar