date

Bavariyaning yosh yulduzi Karl yangi shartnomaga tayyor

Bavariyaning yosh yulduzi Karl yangi shartnomaga tayyor

“Bavariya” yarim himoyachisi Lennart Karl klub bilan shartnomasini uzaytirishga ijobiy qaramoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalist Florian Plettenberg ma’lumotiga ko‘ra, iqtidorli futbolchi Myunxen klubi taklif qilayotgan yaxshilangan kelishuv bo‘yicha muzokaralarga ochiq. Karl keyingi oy 18 yoshga to‘lgach, amaldagi bitim professional shartnoma maqomini oladi va u mavsumiga taxminan 2 million yevro maosh olishi kutilmoqda. “Bavariya” esa yarim himoyachi bilan kelishuvni tezroq uzaytirib, uning yillik daromadini 5–8 million yevro oralig‘ida kafolatlashni rejalashtirmoqda.

Lennart Karl “Bavariya” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning klubi bilan shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha amal qiladi. Joriy mavsumda 17 yoshli hujumkor yarim himoyachi myunxenliklar safida 21 o‘yin o‘tkazib, 6 gol urdi va 2 assist qayd etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bavariyaning yosh yulduzi Karl yangi shartnomaga tayyor