Holann APL tarixidagi 35 minginchi gol muallifiga aylandi

Angliya futbolida APLning 21-turi uchrashuvlari davom etmoqda. "Manchester Siti" o'z maydonida "Brayton"ni qabul qildi va birinchi taym oxirida hisobni ochdi. Norvegiyalik Erling Holann penalti zarbasini aniq ijro etib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Qizig'i shundaki, Holann urgan gol APL tarixidagi yubiley — 35 000-gol bo'lib qayd etildi.
Hisob-kitob 1992 yil 15 avgustdan, ya'ni Angliya Premer-ligasi o'zining ilk o'yinlarini o'tkazgan kundan boshlab yuritiladi. Taqqoslash uchun: 30 000-gol 2021 yil avgustida urilgandi, shundan keyin 4 yil va 131 kun ichida yana 5 mingta gol qo'shildi.
Eslatib o'tamiz, Holann "Manchester Siti" safida 2022 yildan beri to'p surmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing