date

Juzeppe Ambrozino Venetsiya safiga o'tishga juda yaqin

Juzeppe Ambrozino Venetsiya safiga o'tishga juda yaqin

"Napoli" hujumchisi Juzeppe Ambrozino "Venetsiya" futbolchisiga aylanish arafasida. Bu haqda italiyalik ishonchli jurnalist Janluka Di Marzio ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko'ra, "Venetsiya" Ambrozinoni "Napoli"dan ijaraga oladi va klub A Seriyaga yo'l olsa, futbolchini majburiy sotib olish bandi ishga tushadi. Di Marzio kelishuv yaqin soatlar ichida rasman tasdiqlanishini yozdi.

Eslatib o'tamiz, "Napoli" hozirda Italiya chempionati turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda. Klub chorshanba oqshomida "Verona" bilan 2:2 hisobida durang o'ynab, muhim ikki ochkoni boy berdi. Endi amaldagi chempionlarni "Inter"ga qarshi uchrashuv kutmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Juzeppe Ambrozino Venetsiya safiga o'tishga juda yaqin