Oʻzbekiston quritilgan o‘rik eksporti bir yil ichida 2,4 barobarga oshdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025 yil yanvar—noyabr oylarida Oʻzbekiston quritilgan o‘rik (kuraga) eksporti 23,9 ming tonnaga yetdi. Bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 2,4 baravar ko‘p. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.
Eksportdan tushgan tushum 45,8 mln dollarni tashkil etdi. Eng yirik xaridorlar qatorida Xitoy (5,5 ming tonna), Qozog‘iston (4,6 ming tonna) va Turkiya (4,1 ming tonna) qayd etildi.
Shuningdek, Rossiya 1,8 ming tonna, Ukraina esa 1,5 ming tonna kuraga sotib olgan. Qolgan davlatlar hissasiga jami 6,5 ming tonna to‘g‘ri keldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing