date

Uzbekistan Airways yomon ob-havo sabab bir qator reyslarni bekor qildi

Uzbekistan Airways yomon ob-havo sabab bir qator reyslarni bekor qildi

Uzbekistan Airways Namangan, Fargʻona va Andijon aeroportlarida ob-havo yomonlashgani sabab bir nechta qatnovlarni vaqtincha bekor qildi. Cheklovlar 7–8 yanvar kunlari amal qiladi.

7 yanvar kuni Toshkent – Andijon – Toshkent hamda Fargʻona – Krasnoyarsk – Namangan yoʻnalishlaridagi reyslar amalga oshirilmaydi. Shuningdek, 7 va 8 yanvarga rejalashtirilgan Namangan – Irkutsk – Namangan hamda Andijon – Sankt-Peterburg – Andijon qatnovlari ham bekor qilindi.

8 yanvar kuni esa Namangan – Ufa – Namangan reysi uchmaydi.

Kompaniya bekor qilingan reyslar yoʻlovchilariga chipta qiymatini toʻliq qaytarib olish imkonini beradi. Bundan tashqari, mavjud boʻsh oʻrinlardan kelib chiqib, shu yoʻnalish bo‘yicha boshqa reyslarga yoki Toshkent orqali, shuningdek Fargʻona vodiysidagi boshqa shaharlar orqali bepul qayta rasmiylashtirish taklif etilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Uzbekistan Airways yomon ob-havo sabab bir qator reyslarni bekor qildi