AQSh harbiy-dengiz kuchlari Rossiya bayrogʻi ostidagi tankerni qoʻlga oldi Britaniya yordam bergan

Rossiya Transport vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, AQSh harbiy-dengiz kuchlari hech bir davlatning hududiy suvlari tarkibiga kirmaydigan ochiq dengiz hududida “Marinera” tankeriga chiqish operatsiyasini amalga oshirgan. Bu haqda podrobno.uz xabar beradi.
Vazirlik bildirishicha, amerikalik harbiylar bortga chiqqanidan so‘ng kema bilan aloqa uzilgan.
Qayd etilishicha, “Marinera” 2025-yil 24-dekabrda Rossiya Federatsiyasi davlat bayrog‘i ostida suzish uchun vaqtinchalik ruxsat olgan. Bu hujjat Rossiya qonunchiligi hamda xalqaro huquq normalariga muvofiq berilgani taʼkidlangan.
Rossiya tomoni BMTning 1982-yildagi Dengiz huquqi bo‘yicha konvensiyasiga ko‘ra, ochiq dengizda kemalar qatnovi erkinligi rejimi amal qilishini eslatdi. Unga ko‘ra, boshqa davlat yurisdiksiyasida tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tgan kemalarga nisbatan kuch ishlatish hech bir davlatning haqqi emas.
Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi esa AQSh hukumati so‘roviga binoan qirollik tankerini qo‘lga olish bo‘yicha operatsiyada ko‘mak berganini maʼlum qildi.
Hodisa tafsilotlari, shuningdek, ekipajning qayerdaligi bo‘yicha hozircha qo‘shimcha axborot berilmagan.
Avvalroq AQSh Venesuela nefti yetkazib berilishi bilan bog‘liq ekani aytilayotgan, Amerika sanksiyalarini buzishda gumon qilinayotgan neft tankerini ushlab qolish va ehtimoliy hibsga olish bo‘yicha keng ko‘lamli operatsiya o‘tkazayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Rossiyaning aralashuvi va Vashingtonning Venesuela neft sektoriga nisbatan siyosati keskinlashgani fonida vaziyat xalqaro maydonda rezonans keltirmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!