Ravshan Komilov oilasida quvonchli xabar: san’atkor 8-bor nevarali bo‘ldi (video)

Xonanda Ravshan Komilov o‘zining Instagram sahifasida xonadonida quvonchli va baxtli kun bo‘layotganini ma’lum qildi. San’atkor joylagan video postda yana bir bor nevara ko‘rganini mamnuniyat bilan bildirib o‘tdi.
Ma’lum bo‘lishicha, uning o‘g‘li Farhod Komilov — Farruh Komilovning ukasi — ikkinchi marta o‘g‘il farzandli bo‘lgan. Yangi tug‘ilgan chaqaloqqa Muhammadzaid deb ism qo‘yilgan. Ushbu xushxabar Ravshan Komilov uchun sakkizinchi nevara bo‘ldi.
Xonanda videoda barchaga ezgu tilaklar bildirib, har bir xonadonga o‘g‘il-qiz farzandlar va nevaralar nasib etishini tiladi. Shuningdek, sog‘lik-salomatlik, tinchlik va oilaviy baxt tilab, samimiy so‘zlari bilan murojaatini yakunladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing