date

Ulug‘bek Rahmatullayev klipdagi aktrisalarni maqtadi va sir ochdi

Ulug‘bek Rahmatullayev klipdagi aktrisalarni maqtadi va sir ochdi

Xonanda Ulug‘bek Rahmatullayevga “Sizning qo‘shiqlaringizni yanada mashhur qilgan aktrisa kim?” deb savol berildi. Xonanda esa kutilmagan va samimiy javoblari bilan hayron qoldirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra:

“Men odatda, mashhur qo‘shiqlarim uchun klipga ehtiyoj sezmayman. Chunki, men shunday deb o‘ylayman: yaxshi qo‘shiqlar o‘zi klipga muhtoj emas. Lekin klip bo‘lsa, albatta yanada yaxshi bo‘ladi.

Qo‘shiqlarimga klip olishda ishlagan har bir aktrisaning talanti va iste’dodi juda yuqori. Masalan, ‘Sog‘inib tonglar otguncha’ qo‘shig‘imda o‘ynagan Sitora Alimjonova menga shunday deydi: ‘Ulug‘bek aka, sizning klipingizda tushib tanildim.’ Men esa unga javoban aytaman: ‘Yo‘q, sen shunaqa zo‘r o‘ynading, shuning uchun klip yanada ajoyib chiqdi.’”

Ulug‘bek Rahmatullayev gaplarini yakunlab shunday dedi:

“Aynan bitta odam bilan bir narsani bog‘lab qo‘yish qiyin. Men shu paytgacha ishlagan barcha aktyor va aktrisalar bilan faxrlanaman.”

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Ulug‘bek Rahmatullayev klipdagi aktrisalarni maqtadi va sir ochdi