09:53 / 26.05.2018
2 503

Byudjet tashkilotlarining vaqtincha bo‘sh mablag‘lari tijorat banklarining depozitlariga joylashtiriladi

Byudjet tashkilotlarining vaqtincha bo‘sh mablag‘lari tijorat banklarining depozitlariga joylashtiriladi
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 maydagi qarori bilan Moliya vazirligi G‘aznachiligi vazirlikning Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi vaqtincha bo‘sh mablag‘larni tijorat banklari depozitlariga joylashtirish bo‘yicha yagona organ etib belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.

Qarorga ko‘ra davlat maqsadli jamg‘armalari va byudjetdan tashqari boshqa jamg‘armalar, shuningdek byudjet tashkilotlari vaqtincha bo‘sh mablag‘lari tijorat banklari depozitlariga o‘zlari mustaqil yoki o‘z xohishlari bilan G‘aznachilik bo‘linmalariga buyurtnomalar taqdim etish yo‘li bilan joylashtirilishi mumkin.

Moliya vazirligi G‘aznachiligi tomonidan depozitlarga mablag‘larni joylashtirish mumkin bo‘lgan banklar tanlov asosida aniqlanadi.

Davlat byudjeti mablag‘lari tijorat banklari depozitlariga bir moliya yili doirasida, davlat maqsadli jamg‘armalari va byudjetdan tashqari boshqa jamg‘armalar, shuningdek byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari esa 12 oygacha muddatda joylashtiriladi.

Davlat byudjetining vaqtincha bo‘sh mablag‘larini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishga olingan daromadlar quyidagi tartibda taqsimlanadi:

80 foizi – respublika byudjeti daromadiga;

20 foizi – moliya tizimini ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarning moddiy rivojlantirish jamg‘armasiga.

Tijorat banklari depozitlarga joylashtirishgan vaqtincha bo‘sh mablag‘lar, shu jumladan, foizlar o‘z vaqtida qaytarilmagan taqdirda:

shartnomada belgilangan tartibda qarzdorlikni undiradi;

har bir kechiktirilgan kun uchun muddati o‘tkazib yuborilgan qarz summasining
0, 033 foizi miqdorida penya hisoblanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)