08:15 / 15.06.2021
4 721

Markaziy bank oltin quymalarning iqtisodiy samarasi haqida ma’lumot berdi


O‘zbekistonda 2020 yil noyabridan boshlab mamlakatning istalgan banklarida oltin quymalarni sotish boshlandi. Oltin quymalar 5, 10, 20 va 50 gramm og‘irlikdagi sof 999,9 oltindan tayyorlanadi.

Markaziy bankning xalqaro zaxiralarni boshqarish departamenti direktori Sanjar Valiyevning so‘zlariga ko‘ra, oltin quyma sotish iqtisodiy samara beradi.

Masalan, o‘z pullarini AQSH dollarida saqlashga odatlangan odamlar buning o‘rniga quymalar sotib olishlari mumkin. Bu esa valyutaga bo‘lgan umumiy talabni kamaytiradi. O‘z navbatida bu iqtisodiyotning dollarlashuvining pasayishiga olib keladi. Hozirda bunga deyarli barcha rivojlanayotgan mamlakatlar intilmoqda.

Shuningdek, u oltin hech bir mamlakat iqtisodiyoti yoki valyutasiga bog‘liq emasligini, bu esa inqiroz sharoitida zaxira mablag‘i bo‘lishiga imkon berishini aytib o‘tdi. Shunday (inqiroz) vaqtlar oltin narxi keskin ko‘tarilishi mumkin, xuddi 2020 yilgidek.
Markaziy bankning 14 iyun soat 14:10 dagi ma’lumotiga ko‘ra, oltin quymalarning narxi quyidagicha:
  • 5 grammlik oltin quyma — 3 266 000 so‘m;
  • 10 grammlik oltin quyma — 6 531 000 so‘m;
  • 20 grammlik oltin quyma — 12 935 000 so‘m;
  • 50 grammlik oltin quyma — 32 337 000 so‘m.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Markaziy bank oltin quymalarning iqtisodiy samarasi haqida ma’lumot berdi