
Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyati boshqarmasi xodimlari Jizzax shahridagi yuridik texnikumi talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
Uchrashuvda, byuro xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun mohiyati, davlat ijrochilarga davlat tomonidan yaratilgan sharoitlar va ular tomonidan amalga oshiriladigan ijro harakatlari, davlat ijrochisi lavozimiga tayinlanadigan shaxslarga qo‘yiladigan talablar, odob-axloq kodeksida belgilangan talablar yuzidan ma’ruzalar qilindi.
Uchrashuv ochiq muloqot shaklida olib borilib, talabalar tomonidan berilgan savollarga xodimlar batafsil javoblar berishdi. Qiziqarli o‘tgan bu kabi uchrashuvlarni kelgusida yanada davom ettirishga kelishib olindi.
Majburiy IjroJizzax ViloyatiYuridik TexnikumO‘zbekiston RespublikasiOchiq MuloqotQiziqarli Uchrashuv O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar