12:38 / 10.06.2023
218

Kelgusi hafta boshida qanday ob-havo kutilmoqda?

Kelgusi hafta boshida qanday ob-havo kutilmoqda?
Sinoptiklar 12-14 iyun kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12 iyunda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +35...+40 daraja bo‘ladi.
 
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12 iyunda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi +20...+25 daraja, kunduzi 12 iyunda +35...+40 daraja, 13-14 iyunda +37...+42 daraja bo‘ladi.
 
Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +35...+40 daraja bo‘ladi.
 
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +20...+25 daraja, kunduzi 12 iyunda +35...+40 daraja, 13-14 iyunda +37...+42 daraja bo‘ladi.
 
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +19...+24 daraja, kunduzi +33...+38 daraja bo‘ladi.
 
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, 12 iyunda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 13-14 iyunda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12 iyunda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +11...+16 daraja, kunduzi +23...+28 daraja bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kelgusi hafta boshida qanday ob-havo kutilmoqda?
ePN