Koreyada oʻz uyidan oʻlik holda topilgan oʻzbekistonlik qiz ishi ochiqlandi

1 daqiqa o'qish16.3K
Koreyada oʻz uyidan oʻlik holda topilgan oʻzbekistonlik qiz ishi ochiqlandi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Janubiy Koreyada vafot etgan 26 yoshli o‘zbekistonlik ayolning o‘limi yuzasidan olib borilgan tergov va ekspertiza natijalari e’lon qilindi.
  • Sud-tibbiyot ekspertizasi hamda videokuzatuv tahlillari marhumaning o‘limida zo‘ravonlik alomatlari yo‘qligini va u o‘z joniga qasd qilganini tasdiqladi.
  • Marhumaning onasi Koreyaga taklif etilib, unga barcha dalillar hamda tergov hujjatlari taqdim etildi.
  • O‘zbekiston elchixonasi holatni nazoratga olgan holda, fuqarolardan asossiz xabarlarni tarqatmaslikni so‘radi.

Janubiy Koreyaga ishlash niyatida ketgan 26 yoshli oʻzbekistonlik ayolning uyidan oʻlik holda topilgani haqida avval xabar berilgan edi. Keyingi rasmiy maʼlumotlarga koʻra, uning oʻlimi oʻz joniga qasd qilish bilan bogʻliq ekani aniqlangan.

Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati maʼlum qilishicha, ushbu voqea yuzasidan Oʻzbekistonning Seuldagi elchixonasi ilk kunlardanoq Koreya huquq-tartibot idoralari bilan yaqin hamkorlikda ish olib bormoqda. Asosiy maqsad — holatga aniqlik kiritish va tergov jarayonlarining adolatli oʻtishini taʼminlashdan iborat.

Tergov haqida batafsil maʼlumot berish uchun marhumaning onasi Feruza Alimbekova Koreyaga taklif qilindi. U elchixona va mahalliy politsiya koʻmagida mamlakatga borib, rasmiylar bilan uchrashuvlarda ishtirok etdi.

Joriy yil 14 aprel kuni marhumaning onasi, advokati va elchixona vakillari ishtirokida Pxyontxek shahar politsiyasi masʼullari bilan muloqot boʻlib oʻtdi. Uchrashuv davomida Koreya tomoni oʻtkazilgan qoʻshimcha tekshiruvlar va ekspertiza natijalari yuzasidan maʼlumot berdi.

Maʼlum boʻlishicha, dastlabki tekshiruvlar hamda sud-tibbiyot ekspertizasi natijalariga koʻra, marhumaning oʻlimida zoʻravonlik yoki qotillik alomatlari kuzatilmagan. Shuningdek, voqea sodir boʻlgan tunga oid kuzatuv kameralari tasvirlari ham marhumaning yaqinlariga taqdim etilgan.

Chuqurlashtirilgan tahlillar natijasida Nozima Kimning oʻz joniga qasd qilgani tasdiqlangan. DNK, qon va barmoq izlari tekshiruvi hamda boshqa tibbiy tahlillar davomida uning tanasida zaharli moddalar, dorilar yoki tashqi taʼsirdan kelib chiqqan jarohatlar aniqlanmagan.

Koreya politsiyasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan ayrim suratlar rasmiy tergov materiallariga tegishli emasligini va ularni tarqatish qonunga zid ekanini alohida taʼkidladi.

Hozirda tergov ishlari davom etmoqda. Uning yakuniy natijalari marhumaning yaqinlariga maʼlum qilinadi.

Oʻzbekiston elchixonasi mazkur ishni nazoratga olganini bildirib, fuqarolardan tasdiqlanmagan va asossiz xabarlarni tarqatmaslikka, marhumaning xotirasini hurmat qilishga chaqirdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?