11:27 / 16.12.2023
315

Kelgusi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi

Kelgusi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi
Sinoptiklar 18-20 dekabr kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko‘ra:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, 18 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi, 19 dekabrda ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 20 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18-19 dekabrda ayrim hududlarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 18 dekabrda kechasi -0...-5 daraja, kunduzi +0...+5 daraja, 19 dekabrda kechasi -5...-10 daraja, kunduzi +0...+5 daraja, 20 dekabrda kechasi -3...-8 daraja, kunduzi +0...+5 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 19 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18-19 dekabrda ayrim hududlarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 18 dekabrda kechasi -3...+2 daraja, kunduzi +7...+12 daraja, 19 dekabrda kechasi -0...-5 daraja, kunduzi +3...+8 daraja, 20 dekabrda kechasi -0...-5 daraja, kunduzi +3...+8 daraja, Navoiy viloyati shimolida 18 dekabrda kechasi -0...-5 daraja, kunduzi +0...+5 daraja, 19 dekabrda kechasi -5...-10 daraja, kunduzi +0...+5 daraja, 20 dekabrda kechasi -3...-8 daraja, kunduzi +0...+5 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 19 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 19 dekabrda ayrim hududlarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 18 dekabrda kechasi -0...-5 daraja, kunduzi +5...+10 daraja, 19-20 dekabrda kechasi -2...+3 daraja, kunduzi +2...+7 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 19 dekabrda ayrim hududlarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi -3...+2 daraja, kunduzi 18 dekabrda +10...+15 daraja, 19 dekabrda +8...+13 daraja, 20 dekabrda +5...+10 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -0...-5 daraja, kunduzi -2...+3 daraja, 19 dekabrda kechasi -5...-10 daraja, kunduzi -3...-8 daraja, 20 dekabrda kechasi -3...-8 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 18 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 19-20 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 18 dekabrda kechasi -3...-8 daraja, kunduzi +0...+5 daraja, 19 dekabrda kechasi -2...+3 daraja, kunduzi +0...+5 daraja, 20 dekabrda kechasi va kunduzi -2...+3 daraja bo‘ladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat