Laylatul qadr – “belgilash kechasi” degan ma’noni anglatadi. Qadr kechasida sokinlik hukm suradi. Atrof musaffo, yorug‘, xuddi sukunatga o‘ralgan yog‘duli oy charaqlab turgandek bo‘ladi.
Laylatul Qadr yil davomida qilinadigan turli amallar, hukm, topiladigan rizq, bir so‘z bilan aytganda taqdir belgilanadigan kechadir.
Bu kecha haqida Alloh taolo: “… ming oydan yaxshiroqdir” (Qadr surasi, 3-oyat) deb marhamat qilgan. 1000 oy – salkam 84 yilga, 84 yil – taxminan 30 295 kunga teng.
Qadr kechasi Ramazonning so‘nggi o‘n kunligida yashiringan, uni o‘sha kunlarning toq kunlaridan izlagan afzal deyiladi.
Payg‘ambar Muhammad sollallohu alayhi vasallamning “Qadr kechasini Ramazonning ilk va eng so‘nggi hamda toq kechalaridan izlanglar!” degan so‘zlari keltirilgan Imom Abu Dovud rivoyati bor.
Oisha roziyallohu anho rivoyat qilgan hadisda esa Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Qadr kechasini Ramazon oyining oxirgi o‘n kunligidan qidiringlar”, deganlar.
Laylatul qadr kechasi alomatlari
Ushbu muborak kechaning alomatlari quyidagi namoyon bo‘lishi mumkin:
- qadr kechasida sokinlik hukm suradi. Atrof musaffo, yorug‘, xuddi sukunatga o‘ralgan yog‘duli oy charaqlab turgandek bo‘ladi;
- osmondagi yulduzlar uchmaydi, boshqa jismlar qaltis harakat qilmaydi. Kasalliklar paydo bo‘lmaydi;
- havo mo‘tadil bo‘ladi, juda issiq ham, juda sovuq ham bo‘lmaydi;
- ertalab quyosh qizarib, tog‘araga o‘xshash, yog‘dusi juda zaif bo‘lib ufqdan bosh ko‘taradi. Sababi o‘sha tun va kunda ko‘p farishtalar yerga tushib-chiqib turishi oqibatida quyosh nurlarini ham to‘sib qo‘yadi;
- qadr kechasida yomg‘ir-qor yog‘maydi, yog‘sa ham o‘ta mayin va yoqimli bo‘ladi. Sho‘r suvlar chuchuk bo‘ladi;
- daraxtlar o‘z shoxlarini yerga egiltirib turadi;
- o‘sha kuni shaytonlar chiqishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bu kecha Alloh taoloning amri bilan farishtalar har bir osmondan va “Sidratul muntaho”dan (ya’ni, Jabroil alayhissalom maskanidan) yerga tushadi, tong otguncha insonlar haqiga duo qiladi.
Laylatul qadr kechasi ado etiladigan amallar
Xufton va bomdod namozlarini jamoat bilan o‘qish tavsiya etiladi. Bu kechada qazo namozlar, nafl va tahajjud namozlarini o‘qigan afzal. Qolaversa, Qur’oni karim tilovati, Allohni ulug‘lab aytiladigan tasbeh, istig‘for va zikrlar, payg‘ambar Muhammad sallollohu alayhi vasallamga bag‘ishlab salovat va durudlar aytish savobligi aytiladi.
Laylatul qadr kechasi o‘qiladigan duo
Oisha roziyallohu anho: “Yo Rasululloh agar Qadr kechasini topishga muvaffaq bo‘lsam nima deb duo qilay?” deb so‘radilar.
Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ushbu duoni o‘qishni aytdilar:
"Allohumma innaka a’fuvvun kariymun tuhibbul a’fva fa’fu a’nniy".
Ma’nosi: "Allohim, albatta, Sen kechirguvchisan, kechirishni yaxshi ko‘rasan. Gunohlarimni kechirgin" (Imom Termiziy rivoyati).
Muhimi, bu kechani ibodat, zikr, tilovat va boshqa xayrli amallar bilan o‘tkazish lozim.
Laylatul qadr, Qadr kechasi, Ramazon, belgilash kechasi “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi