
Qashqadaryo viloyatida yashovchi fuqaro O.S. o'g'lini aliment pullarini undirish maqsadida sudga murojaat qildi.
Ayolning sudga taqdim etgan ma'lumotlariga ko'ra, o'g'li ikki oy davomida aliment to'lamagan va 1 million 648 ming so'm miqdorida qarzdor bo'lib qolgan. Ma'lum bo'lishicha, erkak har oyda onasiga 412 ming so'm to'lashi lozim bo'lgan.
Sud jarayonida o'g'il o'z xatosini tan oldi va onasiga qarzdorligini to'liq to'ladi. Shundan so'ng tomonlar o'zaro yarashuvga erishdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar