Nevill Sheshkoni noqulay deb atadi

Nevill Sheshkoni noqulay deb atadi

Nevill Sheshkoni noqulay deb atadi
Sobiq futbolchi Gari Nevill "Manchester Yunayted" hujumchisi Benyamin Sheshkoning joriy mavsumdagi o'yinlarini baholadi. "Sheshko biroz noqulay harakat qilmoqda, u bir necha bor darvozaga yo'llagan zarbalarini aniq amalga oshira olmadi.

Ha, u hali yosh futbolchi va yangi jamoasiga moslashmoqda, ammo 80 million funtlik transfer narxi uchun undan ko'proq narsa kutishadi", - deydi Nevill Daily Mail nashriga bergan intervyusida. Ekspertning fikricha, sloveniya milliy jamoasi hujumchisi "Manchester Yunayted"ning ikki boshqa hujumchisi – Brayyan Mbeumo va Mateus Kunya darajasidan ancha past.

Sheshko ushbu yozda "RB Leyptsig"dan "qizil iblislar" safiga qo'shilgan edi. U "Manchester Yunayted" tarkibida hozirgacha 11 uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar