date

O‘zbekistonlik yong‘indan ayol va chaqaloqni qutqardi

O‘zbekistonlik yong‘indan ayol va chaqaloqni qutqardi
O‘zbekiston fuqarosi Sherzod Namozov Rossiyaning Sochi shahrida haqiqiy qahramonlik ko‘rsatib, mahalliy va federal ommaviy axborot vositalarining diqqat markaziga aylandi. Sherzod boshqa guvohlar bilan birgalikda yonayotgan xonadondan ayol va uning bir oylik chaqalog‘ini qutqardi.

31-oktabr kuni yuz bergan ushbu voqea Rossiyaning Birinchi kanalida yoritildi. Yong‘in besh qavatli uy mansarda qavatini qamrab olgan bo‘lib, yosh ona va uning chaqalog‘i uchun evakuatsiya qilish yo‘li to‘silgan edi.

Ayol tashqariga chiqish uchun tor konditsioner blokiga chiqishga majbur bo‘lgan. Surxondaryo viloyati Termiz tumani “Uchqizil” mahallasida tug‘ilgan Sherzod Namozov shu tahlikali vaziyatda yaqin atrofda bo‘lgan.

U hech ikkilanmay yordamga oshiqdi. Boshqa befarq bo‘lmagan odamlar bilan birga Sherzod pastki qavatdagi derazadan yuqoriga chiqib, birinchi navbatda chaqaloqni xavfsiz tarzda pastga uzatdi.

Keyin esa narvon yordamida ayolni pastga tushirdi. Yaxshiyamki, ona va chaqaloq tezda shifokorlar tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilib, sog‘lig‘ida hech qanday xavf yo‘qligi aniqlangach, shifoxonadan chiqarildi.

38 yoshli o‘zbek qutqaruvchisi Sherzod Namozov Sochida 10 yildan beri taksi haydovchisi bo‘lib ishlaydi. Hodisa kuni u mijozni manziliga etkazayotgan edi.

Yong‘in yuz berganini ko‘rib, yordamga shoshilgan Sherzod o‘z qahramonligini izohlar ekan, buni “shunchaki insoniy burchini bajarish” deb baholadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonlik yong‘indan ayol va chaqaloqni qutqardi