
Saudiya Arabistoni hukumati The Line loyihasining ko'lamini qayta ko'rib chiqdi. Dastlab 170 kilometr uzunlikdagi chiziqli megapolис sifatida rejalashtirilgan ushbu loyiha xarajatlarning oshishi va iqtisodiy sharoitlarning o'zgarishi sababli ancha kichikroq hajmda amalga oshiriladi.
The Line loyihasi "2030 Vizyon" strategiyasining muhim qismi bo'lib, avtomobillarsiz utopik shahar konsepsiyasiga asoslangan. U 9 million aholi uchun mo'ljallangan edi.
Yangi rejaga ko'ra, 2030 yilga kelib atigi 2,4 kilometr uzunlikdagi qismi quriladi va aholisi 300 mingdan kam bo'lishi kutilmoqda. Loyiha ko'lamining qisqarishiga neft bozori tebranishlari va qurilish xarajatlarining oshishi sabab bo'ldi.
Bu holat milliardlab dollar qiymatga ega bo'lgan Neom megapolisi byudjetiga bosim o'tkazdi. Natijada, valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon boshchiligidagi hukumat rejalarni qayta ko'rib chiqishga majbur bo'ldi.
Loyihaning qisqarishi tufayli ayrim pudratchilar ishchilarni ishdan bo'shata boshladi. The Line loyihasidagi o'zgarishlarga qaramay, Neomning boshqa ob'yektlari, jumladan, turistik va sanoat zonalari bo'yicha ishlar davom etmoqda.
Ko'plab ekspertlar ushbu loyihani avval boshidayoq muvaffaqiyatsizlikka uchraydigan haddan tashqari ambitsiyali loyiha deb baholagan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar