Foto: “Daryo”
“Nadomat” loyihasining navbatdagi suhbatdoshi ayni damda 21-sonli ayollar koloniyasida jazo muddatini o‘tamoqda. U jinoyatga qo‘l urgani sabab ozodlikdan mahrum etildi. Hammasi 15 yoshida ko‘chadagi yomon qizlarga qo‘shilishi va uydan butunlay chiqib ketishidan boshlandi. Ikki yil ichida hayoti ostin-ustun bo‘ldi.
Mahkuma Jinoyat kodeksining 131-moddasi (qo‘shmachilik va fohishaxona saqlash) bilan ozodlikdan mahrum etilgan. U 16 yoshidan fohishalik qilgan, qo‘shmachilik bilan shug‘ullangan.
“Yengil hayotni istab, uydan chiqib ketdim”
— Ota-onam meni asrab olgan, juda yaxshi odamlar. Men noshukrlik qildim, yengil hayot ortidan quvib, oson yo‘llar bilan pul topishni xohlardim. Mehnatga bo‘ynim yor bermaydi, ishlashni yoqtirmasdim. Uydan chiqib ketib, ko‘chadan dugonalar orttirib, birgalikda ijarada yashay boshladik. Ishim yosh qizlarni yigitlarga gaplashib berish edi va shu orqali pul topardim. Harom ishdan kelgan foyda qancha ham bo‘lardi, faqat kundalik yeb-ichishimga yetardi, kayf-safoga sovurardim. Boshqa hech qancha pul orttirmadim. Mana endi yosh umrimni shu joyda o‘tkazyapman. Boqib olgan ota-onamda farzand bo‘lmagan, ukamni ham asrab olishgan. Moliyaviy qiyinchilik bo‘lmagan, ulardan doim yaxshi munosabat ko‘rganmiz, o‘qishimiz, rivojlanishimiz tarafdori edi. Barchasiga o‘zim sababchiman, — deydi mahkuma.
“Nikohli farzandmanmi, bilmayman. O‘zim ham 15 yoshimda zo‘rlandim”
— Tuqqan onam meni tug‘uruqxonada tashlab ketgan ekan. Nikohli farzandmanmi, yo‘qmi, bilmayman. Tarbiyasi og‘ir deb, 14 yoshimda Qo‘qondagi bolalar koloniyasiga yuborishgan. O‘sha yerda ma’lumotlarim ko‘tarilganda, tuqqan onamni topib, men haqimda xabar berishgan. Chiqqanimdan keyin onam bilan bir oy yashadik, lekin bir-birimizni tushunolmadik. Yana ikkinchi ota-onamnikiga qaytdim. U onam og‘ir ish qildirmasdi, faqat o‘qi derdi. Yoshim 15 ga yetganda bir dugonamning taklifi bilan tungi klubga bordik, u meni ochiq-sochiq kiyintirdi. O‘shanda birinchi marta spirtli ichimlik ichdim, hushim o‘zimda emasdi. Bir erkak zo‘rladi. Shu kundan boshlab hayotim barbod bo‘ldi, — deydi mahkuma.
“Qilgan ishlarimdan pushaymon emasdim”
— Bir ayol yordami bilan 16 yoshimda Moskvaga ketdim. Yo‘l xarajatlariga yordam berib, u yerda bolalariga enagalik qilishimni aytdi. Keyin hujjatlaringni rasmiylashtirib beraman deb, pasportimni oldi. Shu bilan qaytarib bermadi — meni sotib yubordi. Sakkiz oy fohishalik qildim. Bir o‘zbek insonning yordami bilan O‘zbekistonga qaytdim, vaqtinchalik pasport qilib berdi. Shundan keyin ham qilgan ishlarimdan pushaymon bo‘lmay, yana shu ishlarimda davom etdim. Ijaraga uy olib, tungi klubda ofitsiantlik qildim. Fohishalik qiladigan dugonalarim qo‘shmachilik bilan shug‘ullansam oson daromad kelishini aytishdi, — deydi mahkuma.
“Oq libos kiyish armon bo‘ldi”
— Hech kimning ustidan shikoyat qilib ariza yozmaganman, chunki hamma ayb o‘zimdaligini bilaman. Asrab olgan ota-onamning gapiga quloq solmay, jerkib, urishib tashlardim. Shu yerda o‘tirib, xatolarimni anglab yetyapman, barcha ishim uchun onamdan kechirim so‘rayman. Oq libos kiyolmadim, ko‘p narsa armon bo‘lib qoldi. Bilaman, endi kech, — deydi mahkuma. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi