date

Shayxontohurda ekologik nazorat kuchaytirildi

Shayxontohurda ekologik nazorat kuchaytirildi

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida ekologik me’yorlarga rioya etilishi ustidan reyd nazoratlari o‘tkazildi. Maqsad – qurilish maydonlarida atrof-muhitga zarar yetkazilishining oldini olish.

Bu borada doimiy faoliyat yurituvchi “Nazorat guruhlari” tashkil etilib, ular tomonidan holat joyida o‘rganilmoqda. Tezkor guruhlar tarkibida ekologiya, prokuratura, ichki ishlar, Milliy gvardiya va FVV vakillari bor.

Davlat rahbarining bevosita nazorati ostida olib borilayotgan qat’iy chora-tadbirlar samara bera boshladi. Ekologik xavf tug‘dirayotgan issiqxonalar, ishlab chiqarish korxonalari va qurilish obyektlarining faoliyati to‘xtatilib, qonuniy choralar ko‘rilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Shayxontohurda ekologik nazorat kuchaytirildi