date

“Novza” bekatidagi sharmandali qilmish bolaga 5 sutkaga tushdi

“Novza” bekatidagi sharmandali qilmish bolaga 5 sutkaga tushdi

Toshkent metrosida sodir bo‘lgan noxush holat yurtdoshlar orasida keskin muhokamaga sabab bo‘ldi. “Novza” bekatida begona ayolga jinsiy mazmunda shilqimlik qilgan 21 yoshli yigit sud qarori bilan ma’muriy jazoga tortildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 12 noyabr kuni u ayolning orqa tomoniga tanasining jinsiy a’zosini tekkizib, uning sha’ni va qadr-qimmatiga daxl qilgan. Jabrlanuvchi ham bu harakatni tasdiqlab, qaror qabul qilinishi zarurligini aytgan.

24 noyabr kuni o‘tkazilgan sud majlisida yigit aybini tan olgan va pushaymonligini bildirgan. Sud uni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasiga asosan aybli deb topib, 5 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinladi.

Shuningdek, u qamoqda saqlash xarajatlari sifatida 309 ming so‘m to‘lashi shart deb belgilandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » “Novza” bekatidagi sharmandali qilmish bolaga 5 sutkaga tushdi