Foto: “Daryo”
Insonlar o‘z haq-huquqlarini anglagani sari buzilgan huquqlarini tiklash bo‘yicha mas’ul idoralarga murojaat qilishi ko‘payib boradi. O‘zbekistonda Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) ham fuqarolarning haq-huquqlarini himoya qilish instituti sifatida faoliyat olib boradi.
Ombudsman axborot xizmati “Daryo”ga Inson huquqlari bo‘yicha vakilining faoliyati nimalardan iboratligi xususida tushuntirish berdi.
Ombudsman so‘zi — bugun rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda “inson huquqlarini himoya qiluvchi” sifatida tushuniladi. Ya’ni qonun hujjatlarining ijrosi bo‘yicha davlat organlari ustidan nazorat olib boradi.
Oddiyroq tushuntiradigan bo‘lsak, Ombudsman institutlari ijro organlari o‘z vazifalari qay tarzda samarali bajarayotganini fuqarolar murojaatlari orqali o‘rganib, bu haqda hukumatni xabardor qiladi.
Ombudsman lavozimi 190 dan ortiq mamlakatlarda joriy etilgan. Ularning vakolat vazifalari bir xil. Ombudsmanlar fuqarolar murojaatlarining ko‘rib chiqilishi bo‘yicha davlat organlariga tavsiyaviy xarakterdagi ta’sir choralarini kiritishadi.
Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risidagi qonunning 10-moddasiga ko‘ra, vakil O‘zbekiston fuqarolarining hamda O‘zbekiston hududidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning o‘z huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini buzayotgan tashkilotlar yoki mansabdor shaxslarning harakatlari yoxud harakatsizligi ustidan bergan shikoyatlarini ko‘rib chiqadi va u o‘z tekshiruvini o‘tkazish huquqiga ega.
Ya’ni huquqlaringiz buzilsa, avval ushbu sohani tartibga soluvchi tegishli vazirlik va idoraga yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishingiz kerak. Chunki ular o‘z faoliyatlari doirasida fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqishga mas’uldirlar. Agar fuqaro Respublika darajasida faoliyat yurituvchi mansabdor shaxslargacha chiqib ham o‘z murojaati bilan bog‘liq muammoni hal eta olmasa yoki murojaati yetarlicha e’tiborga olinmasa, Ombudsmanga murojaat qilishi mumkin.
Ombudsman fuqarolar o‘rtasidagi nizoli masalalarni ko‘rib chiqmaydi. Bu kabi masalalar sud tartibida ko‘rib chiqiladi. Vakil sudning vakolat doirasiga kiradigan masalalarni ko‘rib chiqmaydi.
Vakil fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash bo‘yicha davlat tashkilotlariga bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar, fuqarolar manfaatida sudlarga davlat boji to‘lamasdan da’vo arizalari hamda O‘zbekiston Konstitutsiyaviy sudiga qonun hujjatlari va ularning Konstitutsiyaga muvofiqligi yuzasidan masalalar kiritish va boshqa huquqiga ham ega. Konstitutsiyaga muvofiq Ombudsmanga qonunchilik takliflarini qonunchilik tashabbusi tartibida parlament quyi palatasiga kiritish huquqi berilgan.
Xorijiy tajribaga nazar solsak ko‘plab davlat Ombudsmanlari nafaqat ozodlikda, balki, ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarga yaratilgan sharoitlarni ham monitoring qiladi.
Ombudsman huzurida 2019 yilda qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarining oldini olish bo‘yicha milliy preventiv mexanizm yo‘lga qo‘yilgan. Shundan buyon, harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarga Ombudsman va jamoatchilik vakillarining muntazam ravishda kirishi va u yerda saqlanayotgan fuqarolar sharoitlarini o‘rganilib, ular murojaatlari o‘rganiladi.
Xulosa o‘rnida aytganda, Ombudsman institutlarning faoliyati davlatning ochiqligi va hisobdorligini oshirishga, shuningdek, fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlashga xizmat qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”