15:14 / 06.08.2024
78

Arnasoyda 492 nafar shaxsning 22 mlrd. so‘mdan ortiq aktivlari kredit sabab xatlandi

Arnasoyda 492 nafar shaxsning 22 mlrd. so‘mdan ortiq aktivlari kredit sabab xatlandi
Bank kreditlari ko‘pchilik hollarda kafillik yoki garov evaziga beriladi. Agar kredit olgan shaxs bank oldidagi majburiyatlarini bajarmagan taqdirda sud tomonidan kredit qarzdorliklarini garovdagi mulkiga qaratish yoki qarzdor va kafil fuqarolardan solidir tartibda undirish to‘g‘risida ijro varaqasi chiqariladi. Ko‘p xollarda qarzdor kredit bo‘yicha majburiyatini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda, kafil va qarzdor kreditor oldida solidar javob beradilar.

Byuroning Arnasoy tuman bo‘limi tomonidan kredit qarzdorliklarini undirish bo‘yicha ijro hujjatlarining ijrosini ta’minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning boshidan 492 dan ortiq ijro hujjati bo‘yicha 22 mlrd. so‘m qarzdorlik bank foydasiga undirilgan.

Shuningdek, banklar foydasiga undiruvlar bilan bog‘liq ijro hujjatlari bo‘yicha jami 26 ta 7,7 mlrd. so‘mlik mol-mulklar xatlanib, 16 ta 5,3 mlrd. so‘mlik mulklar elektron onlayn-auksion savdosiga chiqarilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Arnasoyda 492 nafar shaxsning 22 mlrd. so‘mdan ortiq aktivlari kredit sabab xatlandi