Fargʻonada kuchli yomgʻir oqibatida oʻnlab uylarni suv bosdi

Farg'ona viloyatining Beshariq tumanida kuchli yomg'ir natijasida 90 dan ortiq uy suv ostida qoldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma'lum qilishicha, 1 may kuni sodir bo'lgan hodisa natijasida "Vorux Dasht" va "Yangiqo'rg'on" mahallalaridagi ko'chalar suv bilan to'lib ketgan. Hodisa joyiga tezda tegishli xizmatlar yetib borib, zararni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda va aholi orasida jarohatlanganlar yo'q. Vaziyat to'liq nazorat ostiga olingan.
Fargʻona viloyatining Beshariq tumanida 90 dan ziyod xonadonlarni suv bosdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot berdi.
Maʼlum qilinishicha, joriy yil 1 may kuni soat 21:41 da 112 tizimi orqali Beshariq tumanida kuchli yomgʻir yogʻishi natijasida “Vorux Dasht” va “Yangiqoʻrgʻon” mahalla fuqarolar yigʻinining ayrim koʻchalarida joylashgan 90 dan ortiq aholi yashash uylarining tomorqalariga yomgʻir suvlari kirib borgani haqida xabar kelib tushgan.
“Zudlik bilan hodisa joyiga Fargʻona viloyati FVB xodimlari, viloyat hamda tuman hokimligi vakillari yetib borib, holat oqibatlarini bartaraf etish ishlarini jadal tarzda olib bormoqda”, deyiladi xabarda.
Taʼkidlanishicha, bartaraf etish ishlariga barcha zarur kuch va texnika vositalari jalb qilingan va vaziyat toʻliq nazorat ostiga olingan. Ushbu hodisa natijasida fuqarolar orasida jarohatlanganlar qayd etilmagan.
“Mazkur holat oqibatlari qisqa muddatda bartaraf etilishi kutilmoqda”, deya qoʻshimcha qilingan xabarda.





























Izohlar 0
…