"Colossal" yo'qolgan hayvonlarni tiriltirish o'rniga tirik turlarni qutqarishga o'tdi

Dallasdagi Colossal biotexnologik startapi o'zining ilmiy strategiyasini o'zgartirmoqda. Mamontlar va qadimiy yirtqichlarni "tiriltirish" loyihalari bilan tanilgan kompaniya endi mavjud turlarni saqlab qolishga e'tibor qaratadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Avvalroq kompaniya junli mamont va tasmaniya yo'lbarsini tiklash loyihalarini boshlagan edi. Biroq 2025 yilda taqdim etilgan "bo'rilar" ilmiy jamoatchilik tomonidan tanqid qilindi.
Mutaxassislar buni turlarni tiklash emas, balki yangi gibrid organizmlarni yaratish deb baholadi.
Aprel oyida e'lon qilingan yangi loyiha 1800 yillarda yo'qolib ketgan Janubiy Afrika antilopasi kenja turini tiklashga qaratilgan. Colossal bosh direktori Ben Lammning ta'kidlashicha, ishlab chiqilgan texnologiyalar zamonaviy turlarni himoya qilishda qo'llanilishi mumkin.
Kompaniya reproduktiv biotexnologiya usullariga, xususan, ultratovush yordamida tirik hayvonlardan tuxum hujayralarini olish texnikasiga alohida e'tibor qaratmoqda. Bu usul noyob turlarni tutqunlikda ko'paytirish dasturlarini sezilarli darajada osonlashtirishi kutilmoqda.
Shuningdek, Colossal noyob va zaif turlarning genetik materiallarini tizimli saqlash bo'yicha global biobanking tashabbusini ilgari surmoqda. Bu kelajak avlod biologlari uchun yovvoyi tabiatdagi populyatsiyalar yo'qolgan taqdirda ham genetik xilma-xillikni saqlab qolish imkonini beradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!