Biz nimani qanday gapirsak, bu favqulodda juda muhimdir. Gap shundaki, odamlar har birimizni so‘z zaxiramizning hajmi qancha ekanligi, g‘oya va fikrlarimizni qanday holatda ifodalashimizga qarab baholashadi. Ammo biz so‘zlarimizning holatidan farq qilgan holda boshqalarda qanday taassurot qoldirgan bo‘lsak, o‘zimizga ham shunday ko‘rinishimiz kerak. Boshqalar bizni qay tarzda qabul qilishi muvaffaqiyatga erishish yo‘lida muhim omil hisoblanadi.
Amerikaning eng peshqadam savdogarlaridan biri juda qimmat golf klublar tarmog‘ini o‘zining mashinalari turadigan yo‘l yoqasiga joylashtirgan. U bu maskanga tez-tez borib turadi. Ammo umrida biror marta golf o‘ynamagan. Shunga qaramay, biznesiga xalaqit beradigan har qanday chigalliklarni o‘z yo‘lidan olib tashlash uchun klublaridan nihoyatda unumli foydalanadi.
U qanchalik muvaffaqiyat qozongan biznesmen sifatida taassurot qoldirgan bo‘lsa, golf o‘yiniga ham vaqtini shunchalik ko‘p o‘tkazganday ko‘rinadi. Agar o‘ynashga taklif etishsa, qandaydir boy va mashhur shaxs bilan uchrashuv tayinlaganini aytib bahona qiladi va o‘zini o‘yinga boshlamaydi. Aks holda siri fosh bo‘lib qoladi-da.
Xo‘sh, bu firibgarlikmi? Aldoqchilikmi? O‘zgalar ko‘ziga cho‘p suqib olishmi?.. Yo‘q! U – savdo sohasida eng muvaffaqiyat qozongan savdogar! Ammo savdo juda muvaffaqiyatli ketishi va o‘zining shaxsini yuqoriga ko‘tarish uchun boshqalar ko‘ziga shunday ko‘rinishni xohlaydiki, buning hech kimga zarari yo‘q. Va uning savdosi gullab-yashnaydi.
Shaxsan menda bunday usullardan foydalanishga mutlaqo zarurat bo‘lmagan. Aniqrog‘i, o‘z mavqeimni oshirish uchun boshqalarning ko‘ziga boshqacha ko‘rinmaganman. Balki sizda ham shundaydir? Ammo ishim yanada yaxshi ketishi uchun buni zarur deb his etsam, albatta qo‘llagan bo‘lardim, axir menda ham balki o‘sha biznesmenniki kabi ish zo‘r ketishi mumkin-da!
Kamina turli hayotiy vaziyatlarda fikrlaydigan minglab odamlar bilan ishlab, shuni angladim: inson vujudi nihoyatda murakkab bo‘lib, unga ta’sir etuvchi usullar g‘oyatda xilma-xil va chalkash. Shu bilan birga, bu inson shaxsining tipiga, uning oldingi hayotiy tajribasiga aslo bog‘liq emas.
Agar men o‘zimni aldash yoki boshqa kishilarni haqoratlash, kamsitish hisobiga asoslangan xulq-atvor chizig‘ida tutsam yoki aynan shu tarzda qandaydir boshqa usul bilan ulardan foyda chiqarib olishga urinsam, dunyodagi eng pastkash kishiga aylanardim. Ammo o‘zining «men»iga asoslangan axloqiy chizmani ayrim kishilarga tavsiya etgan bo‘lardim. Chunki u vahima, qo‘rquvlar hamda juda ko‘p odamlarni qurshab olgan qashshoqlik bilan bog‘liq psixologik komplekslardan xalos bo‘lishga yordam beradi.
Shogirdlarimdan biri hayotni sug‘urtalash bo‘yicha agent bo‘lib, sakkiz karatli brilliant ko‘zli uzuk taqib yuradi. Bu unga mijozlar bilan gaplashayotganida, o‘ziga xos tumor bo‘lib xizmat qiladi. Shogirdim o‘zi ishlayotgan maskandagi sug‘urta kompaniyasining boshqa barcha xodimlari orasida eng ko‘p shartnoma hujjatlarini sotishga muvaffaq bo‘ladi.
Bir oz vaqt oldin u o‘zining brilliant uzugiga yangi gardish qo‘ydirish uchun zargarga berdi. Bu ishga ikki kun ketdi. Shu vaqt mobaynida sug‘urta agenti avvalgi kunlarga nisbatan ko‘proq ishladi, ammo birorta shartnoma tuzishga muvaffaq bo‘lmadi. O‘zining aytishicha, u bo‘lajak xaridor bilan gaplashayotganida, barmog‘iga qaragan, shunda qandaydir ichki ovoz: «U sotib olmoqchi emas, sotib olmoqchi emas», degandek eshitilgan.
Ichki sokin ovoz haq bo‘lib chiqdi; u hech nima sota olmadi. Uzugini olgach esa, birinchi kunning o‘zidayoq oltita sug‘urta shartnomasini sotdi.
Agar men barmog‘imda sakkiz karatli brilliant uzuk taqib odamlar bilan gaplashsam, o‘zimni juda noqulay his qilardim. Ana shunda faol harakat qilish o‘rniga ko‘z oldimda «ego»m, ya’ni o‘zligim meni pastga urgan bo‘lardi. Ammo baribir xuddi sug‘urta agentlariga shu usuldan foydalanishni tavsiya etaman. Ular o‘z-o‘zini baholashda sun’iy qo‘zg‘atgichlarga muhtoj bo‘ladilar.
O‘z-o‘ziga baho berishni oshirishning eng samarali usullaridan bir shuki, siz bir kishini tanlaysiz, toki boyligingiz unikiga teng bo‘lishi yoki oshib ketishni istashingiz lozim. Bu odamning yutug‘idan shaxsiy yutuqlaringiz uchun sanoq nuqtasi sifatida foydalaning.
Masalan, bu inson sizning rafiqangiz bo‘lishi mumkin. O‘zaro munosabatlaringiz uyg‘un hamda maqsad birligi sizlarni birlashtirib turgan bo‘lsa, bunday hamkorlikda jamlangan kuch biz tasavvur qilganimizdan ko‘ra, muvaffaqiyat sari tezroq olib borishi mumkin.
Agar hamkasblaringiz shunga qodir bo‘lsa, sizning «ego»ngizga harakat qilish uchun ajoyib qo‘zg‘atish bag‘ishlashi mumkin. Atrofingizni o‘rab olgan kishilar aslida sizni ko‘z oldingizda ruhlantirib, yuksakka ko‘tarmoqchi, aslo yerga urmoqchi, kamsitmoqchi emas. Sizni hech narsaga yaroqsiz odam deb deb his qilishga majbur etmoqchi ham emas. Shunga ishoning.
Vaqti-vaqti bilan bizning «ego»miz rag‘batlantirishga muhtojlik sezadi. Buning uchun har qanday ayyorlikdan foydalaning. Bordi-yu, o‘zingizni baland ko‘tarish uchun birorta mayda-chuyda bezak zarur bo‘lib qolsa, tezda sotib oling. O‘zingizga baho berishni oshirish uchun foydalanadigan ushbu vositalaringiz hech kimga zarar bermaydi, aksincha sizga foyda keltiradi, ya’ni to‘g‘ri ish qilgan bo‘lasiz.
O‘zingiz to‘g‘ringizda yaxshi fikrda bo‘lsangiz, har qanday inson bilan uchrashgan taqdiringizda ham, bu barcha uchun ochiq-oydin namoyon bo‘ladi. Va yodingizda bo‘lsin, navbatdagi siz uchratgan kishi ham aynan shunday shaxs bo‘lib, muvaffaqiyat pillapoyalaridan yuqoriga chiqishingizda sizga ajoyib turtki berishi ehtimoldan xoli emas.
(Napoleon Xill kitobidan)
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”