Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati
Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida 28 noyabr kuni soat 16:10 larda 5 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Mustaqillik—Movarounnahr ko‘chalari kesishmasida bir yo‘nalishda harakatlanib kelgan haydovchilar:
- 1958 yilda tug‘ilgan T.R. boshqaruvidagi Hongqi EQM 5;
- 1994 yilda tug‘ilgan S.A. boshqaruvidagi Cobalt;
- 1988 yilda tug‘ilgan X.U. boshqaruvidagi Tracker-2;
- 1998 yilda tug‘ilgan S.A. boshqaruvida bo‘lgan Nexia-3;
- 1982 yilda tug‘ilgan T.M. boshqaruvida bo‘lgan Onix transport vositalari oraliq masofaga amal qilmasdan to‘qnashgan.
Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?