date

Lionel Messi MLS tarixida yangi rekord o‘rnatdi

Lionel Messi MLS tarixida yangi rekord o‘rnatdi

Lionel Messi Shimoliy Amerikada rekordlar kitobini yangilashda davom etmoqda. U Inter Miami jamoasining Toronto FC ustidan qozongan 4:2 hisobidagi g‘alabasida asosiy rol o‘ynab, yana bir tarixiy natijani qayd etdi. Argentinalik afsona ushbu uchrashuvda bitta gol va ikkita golli uzatma muallifiga aylandi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Ushbu samarali harakatlar evaziga Messi MLS tarixida 100 ta golli vaziyatda (gol+pas) ishtirok etgan eng tezkor futbolchiga aylandi. U bu marraga atigi 64 ta o‘yinda erishdi. Avvalgi rekord Sebastian Giovincoga tegishli bo‘lib, u 100 ta natijaga erishish uchun 95 ta o‘yin o‘tkazgan edi.

Messi 2023-yil iyul oyida Inter Miami safida debyut qilganidan beri 59 ta gol urdi va 41 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning bu ko‘rsatkichlari Shimoliy Amerika futbolidagi mutlaq ustunligini yaqqol namoyon etmoqda.

Argentinalik yulduz nafaqat individual sovrinlar, balki jamoaviy g‘alabalar bilan ham muxlislarini xursand qilmoqda. U Inter Miami bilan MLS kubogi, Leagues Cup va Supporters' Shield sovrinlarini qo‘lga kiritib, o‘zining umumiy sovrinlari sonini 47 taga yetkazdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Lionel Messi MLS tarixida yangi rekord o‘rnatdi