date

Oliy sud sobiq hokimning ozod etilganini inkor etdi


Oliy sud Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumani sobiq hokimi Mahmud Xolbutayevning ozod etilganini inkor etdi. Idoraning matbuot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, sobiq amaldor tergov izolyatoriga joylashtirilgan.

Sobiq hokimga nisbatan ish Arnasoy tumani sudida ko‘rib chiqilmoqda. Xolbutayev davlat mulkini o‘zlashtirish va isrof qilish, hujjatlarni soxtalashtirishda ayblanmoqda.

U joriy yilning iyul oyida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan 10 ming AQSh dollari miqdorida pora olayotgan paytda qo‘lga olingan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oliy sud sobiq hokimning ozod etilganini inkor etdi