date

Navoiyda noqonuniy oltin qazib olish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh fosh etildi

Navoiyda noqonuniy oltin qazib olish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh fosh etildi

Navoiy viloyatida davlatga qarashli yer maydonlarida oltinni noqonuniy qazib olib, qayta ishlash bilan shug‘ullangan uyushgan guruh faoliyatiga chek qo‘yildi. Tezkor tadbir Davlat xavfsizlik xizmati hududiy boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazildi.

Tergoq ma’lumotlariga ko‘ra, guruhga Karmana tumanida sport yo‘nalishiga ixtisoslashgan xususiy korxona rahbari boshchilik qilgan. Oltin qazib olish ishlariga xorijiy fuqarolar jalb etilgan, jarayon esa soliq, geologiya, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish talablari qo‘pol buzilgan holda olib borilgan.

Ushlanganlar vaqtida 17,2 kg oltin-kumush aralashmasi, 20 kg yarim tayyor oltin mahsulotlari, tarkibida oltin zarralari bo‘lgan 250 kg boyitilgan ko‘mir, 280 tonnadan ortiq qum va ruda, 230 litr maxsus kimyoviy moddalar, oltin ajratib olish laboratoriyasi va uskunalar, shuningdek maxsus idishlar, gaz ballonlari hamda boshqa anjomlar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, noqonuniy qazib olish uchun kimyoviy reaktivlar bilan to‘ldirilgan to‘rtta sun’iy hovuz tashkil etilib, qariyb bir gektar yer maydoni amalda ishlab chiqarish hududiga aylantirilgan. Olib qo‘yilgan materiallar ekspertizaga yuborilgan, hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Navoiyda noqonuniy oltin qazib olish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh fosh etildi