Demenco Chempionlar ligasida asosiy da’vogarlarni sanadi

Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Maksim Demenco UEFA Chempionlar ligasining joriy mavsumida kimlar kubok uchun kurashda oldinda ekanini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisning fikricha, asosiy favoritlarni aniq ajratish oson emas: ayrim grand klublar odatdagidan pastroq holatda turibdi.
Demenco «Barselona» mavsum davomida ancha ishonchli ko‘rinayotganini ta’kidladi. Shuningdek, u «Real»ni doim barcha sovrinlar uchun oxirigacha kurashadigan jamoa sifatida, «Liverpul»ni esa turnirning doimiy da’vogari sifatida tilga oldi.
Etti turdan so‘ng turnir jadvalining ilk sakkiztaligida «Arsenal», «Bavariya», «Real», «Liverpul», «Tottenhem», «PSJ», «Nyukasl» va «Chelsi» joylashgan.
Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi — fransuzning «PSJ» klubi: u o‘tgan mavsum finalida «Inter»ni 5:0 hisobida yirik mag‘lub etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!