date

Andijonda qarzdor mashinasidan mahrum qilindi: sotuvga qo‘yildi

Andijonda qarzdor mashinasidan mahrum qilindi: sotuvga qo‘yildi

Andijonda kredit qarzi sabab fuqaro o‘z avtomobilidan ayrildi. Qarzdorlik shartnomasi — ikki tomonning mas’uliyatli kelishuvi hisoblanadi. Ammo, agar qarz o‘z vaqtida to‘lanmasa, uning oqibati garov mol-mulki orqali qoplanishi shart.

Shu kabi holat Andijon viloyati Majburiy ijro byurosi ish yurituviga tushdi. “Mikrokreditbank” ATB Andijon filiali foydasiga X.I.dan umumiy 126 mln so‘m undirish haqida sud hujjati kelib tushdi. Sud qaroriga ko‘ra, undiruv qarzdorga tegishli “HAVAL H6” rusumli avtomashinaga nisbatan amalga oshirildi.

Qarzdor majburiyatlarini bajarmasligi tufayli ijro harakatlari olib borildi va qora rangli “HAVAL H6” avtomobil elektron onlayn-auksionga 248 mln so‘m boshlang‘ich narx bilan qo‘yildi. Savdodan tushgan mablag‘ to‘liq ravishda qarzni qoplashga yo‘naltiriladi.

Bu hodisa kredit majburiyatlariga qattiq e’tibor qaratilmasligi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini yana bir bor ko‘rsatmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda qarzdor mashinasidan mahrum qilindi: sotuvga qo‘yildi