date

Andijonda maktabda ishlovchi ayol pichoqlab o‘ldirildi

Andijonda maktabda ishlovchi ayol pichoqlab o‘ldirildi

Andijon viloyati Asaka tumanida erkak o‘z turmush o‘rtog‘iga pichoq bilan jarohat yetkazib, ayolning vafotiga sabab bo‘lgani aytildi. Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qilishicha, holat 27 yanvar kuni soat 15:30 atrofida sodir bo‘lgan.

Qayd etilishicha, maktabda ishlovchi O.U. birga ishlovchi turmush o‘rtog‘i O.M. bilan oilaviy kelishmovchiliklar ortidan janjallashib qolgan. Shundan so‘ng u yonida olib kelgan xo‘jalik pichog‘i bilan ayolga bir necha bor tan jarohati yetkazgan, natijada ayol voqea joyida vafot etgan.

Xabarda aytilishicha, hodisadan keyin erkak yashash manziliga qaytib, o‘ziga ham tan jarohati yetkazgan. Uni akasi ko‘rib qolib, shifoxonaga olib borgan va ko‘rsatilgan tibbiy yordam natijasida hayoti saqlab qolingan. Mazkur holat yuzasidan erkakka nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda maktabda ishlovchi ayol pichoqlab o‘ldirildi